Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining hushyorligi va ogohligini yana-da oshirish va mavjud real xavf-xatarlardan ogoh etish maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida seminar mashg’uloti o’tkazildi

28.Noy.2024

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining hushyorligi va ogohligini yana-da oshirish, bilim saviyalari va mavjud real xavf-xatarlardan ogoh etish hamda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmati masʼul xodimlari ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida maʼruzachi tomonidan, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash har bir shu yurt farzandining vazifasi bo‘lib, bu borada huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlarining zimmasidagi masʼuliyati yana-da yuqori ekanligi, shu sababli har bir xodim xizmat va xizmatdan tashqari vaqtda bo‘lishidan qatʼiy nazar doimo sergak hayot kechirishi lozimligi yetkazilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar hamda ularning aʼzolari tomonidan o‘z buzg‘unchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalanib kelayotgan usul va vositalari, internet ijtimoiy tarmog‘ida olib borayogan g‘oyaviy intilishlari, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligi borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech