O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Toshkent viloyati chavandozlar maktabi yoshlari o`rtasida ot sportining polo turi bo`yicha Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarma boshlig`i kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi. Bellashuv Nurafshon shahrida tashkil etildi. Dastlab maydonda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi chavandozlar maktabining o`g`il bolalar hamda qiz bolalar jamoasi bellashdi. 4 ta jamoa ishtirok etgan musobaqaning eng e`tiborli jihati shundaki, unda ayollar birinchi marotaba ishtirok etdilar. Qizg`in va hayajonga boy bo`lgan polo musobaqasida Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritib, Xiva shahriga sayohat uchun yo`llanmani qo`lga kiritishdi. Qolgan jamoalar ham maxsus estalik sovg`alari va sertifikat bilan taqdirlanishdi. Musobaqa so`ngida Milliy gvardiya ma`naviyat va ma`rifat markazi ansambli xonandalari ijrosida kuy-qo`shiqlar kuylandi.
Bo`lishmoq: