Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o’tdi. Unda Toshkent shahri Chilonzor tumani, Uchtepa tumani yoshlari va Yunusobod tumanidagi 58-maktabning Vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek, 650 dan ziyod yoshlarga harbiy qismdagi qurol-aslaha va harbiy texnikalar ma’lumotlar berildi hamda xizmat itlarining harakatlari va muddatli harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini oshirish va harbiy xizmatga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bo`lishmoq: