Milliy gvardiya Toshkent shahri bo'yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

11.Yan.2025

Uchtepa tumanidagi harbiy qism harbiylari ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda tumandagi uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.

170 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ular uchun harbiy texnikalar namoyishi, madaniy dasturlar  namoyish etildi.

Vatanparvarlikka bag‘ishlangan ushbu tadbir davomida harbiy xizmatchilar yoshlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, ularga milliy qadriyatlar, Vatan himoyasi mas’uliyati va harbiy xizmatning ahamiyati haqida ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida turli tanlovlar, jamoaviy o‘yinlar va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech