Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali bilan hamkorlikda vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi

12.Yan.2025

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakulteti bilan hamkorligida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 33- yilligi munosabati bilan, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida vatanpatvarlik ruhida yuqori saviyada tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Nurafshon shahar 13 va 57- sonli umumta’lim maktablarining harbiylashtirilgan sinf o’quvchilari vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Ko’rgazma materiallar, harbiy texnika va kinologlar namoyishi katta qiziqish bilan talaba-yoshlarni diqqat markazida bo’lishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech