Milliy gvardiya Toshkent shahar inspektor-psixologlari tomonidan Mirobod tumani, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor tumanlaridagi o‘quvchi yoshlarni taʼlimga qaytarish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda
Maqsad maktab o‘quvchilari orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik va boshqa zararli salbiy illatlardan yiroqda bo‘lish haqida bolalarga maʼlumotlar berishdan iborat.
Shuningdek, muntazam ravishda dars qoldirayotgan o’quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvlar o’tkazildi hamda maktab ichki tartib qoidalarini buzgan o’quvchilar ogohlantirildi. Muloqot jarayonida umumiy o’rta ta’lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonun buzilishlariga murosasiz munosabat hissini shakllantirish, muammoli o’quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida zarur tavsiyalar berildi.
Bo`lishmoq: