Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri boʻlib oʻtdi

24.Dek.2024

Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri boʻlib oʻtdi. Oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli tamomlagan 60 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek oʻzining namunali hulqi, berilgan topshiriqlarni sidqidildan ado etib safdoshlari orasida oʻrnak boʻlgan bir guruh tinglovchilarga markaz boshligʻining Faxriy yorliq va Tashakkurnomalari tantanali tarzda topshirildi. Tadbir mehmoni iste’fodagi podpolkovnik Urazqulov Abdurashid Abdugʻafforovich bitiruvchilarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirib oʻtdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech