O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi yangi binosi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi binosi ochilish marosimida Jizzax viloyat hokim o’rinbosari, Respublika Ma’navyat va Ma’rifat markazi Jizzax viloyat rahbari, Harbiy prokuratura, Faxriylar kengashi va qator tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirni Milliy Gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig’i polkovnik Yaxshilikov
Lochinbek Yaxshilikovich ochib berdi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida sahnalashtirilgan harbiy chiqishlar, ko’rgazmalar namoyishi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida yangi binolarga tashrif buyurilib,amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Tushlik vaqtida harbiy qism Oshxonasiga tashrif buyurilib, harbiy xizmatchilar bilan birga mehmonlar tushlik qilib, yaratilgan shart-sharoitlar tog’risida suhbatlashdilar va bu barchaga manzur bo’ldi.
Bo`lishmoq: