Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Qibray tumanida joylashgan Milliy tadqiqot yadro universitetida “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Milliy gvardiya hamda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faxriylari, talabalar, Temurbeklar maktabi o‘quvchilari, Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida “ Uch avlod uchrashuvi”, kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi, Temurbeklar maktabi o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari, hamda Milliy gvardiya harbiy orkestri va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ansambli xonandalarining Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Bo`lishmoq: