Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida "Mening tanlovim-obod Vatanim" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

03.Okt.2024

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida markaz shaxsiy tarkibi va tinglovchilari uchun Farg'ona tumanlararo ma'muriy sudi hamda Farg'ona viloyati Adliya boshqarmasi vakillari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Farg’ona tumanlararo ma’muriy sudining raisi S.Qurbonov va sudyalar U.Omonov, U.Axmedov, N.Tojieva, Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i M.Toshmatovalar ishtirok etishdi.

Unda "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o'tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyati o'rganildi. 

 "Sud binolari, sud protseslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi yo'riqnoma" hususida davra suhbati ham tashkil etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech