Milliy gvardiya Ma'naviyat -ma'rifat markazida "yosh gvardiyachilar forumi" – "rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti o'tkazildi

22.Dek.2023

"Yosh gvardiyachilar forumi" doirasidagi mazkur tadbirda, Milliy gvardiya qo'mondoni general-mayor R.Djuraev va yoshlarning uchrashuvi hamda ochiq muloqoti tashkillashtirildi.

Unda tizim faxriylari, "Temurbeklar" harbiy akademik liseyi o'quvchilari, harbiy musiqali akademik liseyi hamda Respublika bo'yicha Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta maktablarning "harbiy vatanparvarlik" sinflari o'quvchilari, shuningdek hududlardan videokonferentsiya orqali 4000 dan ortiq yosh gvardiyachilar ishtirok etishdi.

Marosimga tashrif buyurgan ishtirokchilar orkestr sadolari ostida kutib olinib, ularga Milliy gvardiya harbiy kiyim-bosh namunalari, mashg'ulotlar uchun o'quv moddiy-texnik bazalar ko'rgazmalari, yoshlar tomonidan tayyorlangan "robototexnika" namunalari namoyish etildi.

Tadbir avvalida Milliy gvardiya qo'mondoni nutq so'zlar ekan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug'maqsadga erishish yo'lida yoshlarga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, ularga barcha sohada o'z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish so'nggi yillarda davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligini alohida ta'kidladi.

Yoshlardan bo'lsa, ushbu imkoniyatlardan to'g'ri foydalanib, bor e'tiborini bilim olishga, jismonan rivojlanishga hamda turli sohalarni etakchi mutaxassislari bo'lib etishishiga qaratishlariga urg'u berdi.

Nutq davomida davlatimiz rahbarining mamlakatimizda olib borayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan hamda Milliy gvardiya ta'lim muassasalari o'quvchi va kursantlarining erishgan yutuqlari haqida namoyish etilgan videoroliklar forum ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan so'ng, Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi, harbiy musiqa akademik liseyi hamda tizimga biriktirilgan 56 ta vatanparvarlik sinflarida tahsil olayotgan va namunali xulqi va a'lo baholari bilan sinfdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan yuzga yaqin o'quvchilar qo'mondon tomonidan munosib rag'batlantirildi.

Tadbirning ochiq muloqot qismida so'z olgan yoshlar ham o'z o'rnida yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan katta e'tibor va imkoniyatlar, yaratilayotgan keng sharoitlar o'zlarining iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun keng eshiklar ochib berayotganini faxr bilan tilga olishib, o'z taklif hamda mulohazalarini erkin bayon qilishdi.

Forum so'ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar yoshlarimizni juda to'lqinlantirdi.

Mazkur "yosh gvardiyachilar forumi" – "rahbar va yoshlar" ochiq muloqotining o'tkazilishidan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan iborat.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech