Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizim xodimlari farzandlari uchun "Yangi yil sarguzashtlari" deb nomlangan sahnalashtirilgan badiiy dastur namoyish etildi

30.Dek.2023

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun “Yangi yil sarguzashtlari” sahnalashtirilgan badiiy dasturi namoyish etildi
Oʻlkamizda Yangi yil shukuhi hukm surmoqda. Respublikamizning barcha hududlarida yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida turli konsert dasturlari, musiqiy kechalar tashkil etilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya qoʻmondonligi tashabbusi bilan Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizim harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun namoyish etilgan “Yangi yil sarguzashtlari” deb nomlangan sahnalashtirilgan badiiy dastur ham yorqin lahzalarga boy boʻldi.
Ikkita seansda boʻlib oʻtgan dastur tashrif buyurgan mingdan ortiq bolajonlarga yuqori kayfiyat taqdim etdi. Konsertda turli ertak qahramonlari hamda yosh ijodkorlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlar va bayramona kuy-qoʻshiqlar, shuningdek, qorbobo va qorqizning ishtiroki tomoshabinlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Bayram sovgʻalari boʻlsa, albatta jajji mehmonlarning xursandchiligiga sabab boʻldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech