Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazining "Тasanno" bolalar teatr studiyasi tomonidan bolajonlar uchun bayramona tuhfa

09.Yan.2023

Yangi yil arafasida Milliy gvardiya qo'mondonligi tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a'zolariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning 29 dekabr kuni Toshkent shahrida xizmat faoliyatini yuritib kelayotgan tizim xodimlarining farzandlari uchun Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazi "tasanno" bolalar teatr studiyasi tomonidan "yangi yil sarguzashtlari" deb nomlangan teatr dasturi namoyish etildi. Ashula va raqs ansambli xonandalarining bayramona kuy-qo'shiqlari bolajonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech