Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev bugun Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, turk qardoshlarimizga hamdardlik bildirdi.

09.Fev.2023

Milliy gvardiya qo‘mondoni joriy yil 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatlari to‘g‘risidagi xabarlarni chuqur tashvish va qayg‘u bilan qabul qilganini taʼkidlab, Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi va shaxsan o‘zi nomidan tabiiy ofat qurbonlari oilalariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildirdi hamda jarohat olgan qardoshlarimizning tez orada sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Shuningdek, Elchixona tomonidan yuritilgan hamdardlik kitobiga "Qardosh Turkiya xalqi barcha qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tishiga ishonaman, birodarlarimiz qayg‘usiga sherikmiz" so‘zlarini yozib qoldirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech