Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanaladi. Ulardan biri Davlat bayrog‘idir. Ayni kunlarda bayrog‘imiz qabul qilinganligining 33 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinyapti.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham sana munosabati bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi monumenti majmuasida katta hajmdagi Davlat bayrog‘ini ko‘tardi.
Shuningdek, Urganch shahar ko‘chalari, ko‘hna va navqiron Xiva shahrining “Ichan qalʼa” majmuasida mamlakatimiz aholisi va xorijiy mexmonlarga davlat bayrog‘i aks etgan flayerlar tarqatildi.
Bo`lishmoq: