Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birida muddatli harbiy xizmatchilar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun beriladigan imtiyozli tavsiyanoma olish maqsadida test sinovlarini topshirishdi.
Mazkur test sinovlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilib, "Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom asosida amalga oshirildi. Albatta ushbu tavsiyanomalar muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim va saviyaga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtishimiz kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga beriladigan tavsiyanomalar uch yil mobaynida amal qiladi.
Bo`lishmoq: