Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari uchun psixologik trening mashg‘ulotlari o’tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik zo‘riqishlarni kamaytirish va ularning ruhiy barqarorligini oshirishdan iborat. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini erkin his qilishlari va faol ishtirok etishlari uchun "Ranglar va kayfiyat" hamda "Yashirin doira" kabi maxsus metodlardan foydalanildi. Ushbu usullar orqali muddatli harbiy xizmatchilarning o‘z-o‘zini anglash, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash va ichki energiyalarini to‘g‘ri boshqarishlariga yordam berildi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar guruh bo’lib ishlash, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash va stressli vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish usullarini amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bo`lishmoq: