Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarga axloqiy va ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Treninglar harbiy xizmatchilarning ruhiy holatini yaxshilash, stressga bardoshli bo‘lish, axloqiy mustahkamlikni oshirish, xizmatga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish hamda ular orasida jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning psixologik holatini baholab, zarur bo‘lgan yordam va maslahatlar taqdim etildi. Mazkur mashg‘ulotlar, harbiy xizmatchilarning kundalik xizmatda yuqori natijalarga erishishlariga ko‘maklashadi.
Bo`lishmoq: