Milliy gvardiya Navoiy viloyati bòyicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilarning dam olish kunlarini mazmunli òtkazish maqsadida harbiy qism hududida shaxmat òyini tashkillashtirildi. Tadbir davomida muddatli harbiy xizmatchilar doira, dutor chalib qòshiqlar hirgoyi qilib, dam olish kunlarini mazmunli òtkazdilar.
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy qismida ham muddatli harbiy xizmatchilar bilan Yakshanba dam olish kunini maroqli oʻtkazish maqsadida Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan 1-sonli musiqa maktabida tashkil etilgan koʻrgazmali tadbirida faol ishtirok etishdi. Mazkur tadbir ham muddatli harbiy xizmatchilar ongida jangovar ruhni oshirishga tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetishga, harbiy xizmatni sidqidildan oʻtash, doimo vijdonli va mard boʻlish, Vatanimizni koʻz qorachigʻidek himoya qilishga xizmat qilishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: