Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shu bilan birga, Vatan taqdiriga daxldorlik xissini shakllantirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Shu maqsadda Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida Namangan davlat Pedagogika instituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalar Milliy gvardiya faoliyati, uning kundalik vazifalari va xodimlarning masʼuliyatli hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi maxsus ko‘rgazmalar, treninglar va interaktiv suhbatlar yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, ularga harbiy xizmatga kirish tartibi, unga qo‘yilgan talablar va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Bo`lishmoq: