Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi oʻquvchilari uchun "Qoʻriqlash" boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi

29.Noy.2024

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari uchun Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga qo‘riqlash xizmati xodimlarining kasbiy faoliyati, ularning xizmat sharoitlari va amaliyotda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

O‘quvchilar Qo‘riqlash boshqarmasidagi maxsus jihozlar, xavfsizlik tizimlari va xodimlarning ish jarayonini kuzatib, bu sohadagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.

Tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri orqali o‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘ldilar, balki o‘zlariga kerakli motivatsiya va ilhom ham oldilar. Tadbir yosh avlodning huquq-tartibot organlariga bo‘lgan hurmatini yana-da oshirishga ham hissa qo‘shdi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalarini yana-da boyitishga yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech