Namuna va ibrat loyihasi: Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

15.Noy.2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 28-maydagi ''Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida'' gi 340-son qarori ijrosini taminlash maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan Namangan viloyati Qurolli Kuchlar faxriylari va o‘quvchi yoshlar ishtirokida ''Ochiq eshiklar kuni'' o‘tkazildi. 

O‘quvchi yoshlar va faxriylarga harbiy qismda mavjud qurol aslaha hamda jangovar texnikalar ko’rgazmasi namoyish etilib, tadbir davomida bayramona tushlik tashkil etildi. 

O‘tkazilgan tadbir faxriylarda, ayniqsa o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech