Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamda chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Urgut tumani Chep mahallasida joylashgan 74-umumta’lim maktabida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda so‘z olganlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, sarhadlarimiz dahlsizligini ta’minlashda milliy armiyamizning tutgan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni kelajakda intellektkal salohiyatli, bilimli, vatanparvar va komil insonlar etib tarbiyalash bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, bu borada yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq ekanligi alohida ta’kidlandi.
Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi vakillari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urgut tuman bo‘linmasi mas’ullari ham ishtirok etdi. Tadbirda, o‘quvchilar uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Ayniqsa, Qo‘riqlash boshqarmasining mutaxasislari tomonidan yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darslarida o‘quvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etib, sport sohasidagi mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi..
Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonildan viloyatning barcha hududlarida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olingan. O‘tkazilayotgan tadbirlar esa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo`lishmoq: