Navoiy viloyatidagi Karmana dala oʻquv markazida amaliy oʻquv uslubiy yigʻin tashkil qilindi

29.Yan.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi tibbiyot xizmati boshliqlari hamda taktik-tibbiy yoʻriqchilar bilan Navoiy viloyatidagi Karmana dala oʻquv markazida amaliy oʻquv uslubiy yigʻin tashkil qilindi. Bunda soha mutaxassislariga shaxsiy tarkibni har qanday sharoitda sogʻligi va hayotini saqlash va ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotiga eʼtibor qaratildi. Oʻquv mashgʻuloti tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq, interfaol usulda, master-klass koʻrsatish orqali oʻtkazildi.

Oʻquv yigʻin davomida mutaxassis-yoʻriqchilarning "Taktik tibbiyot" boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari, shuningdek ularning shaxsiy tarkibga sohaga oid bilim berish boʻyicha pedagogik mahoratlari ham oshirildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining otish tayyorgarligi boʻyicha bilimlari ham sinovdan oʻtkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech