Navoiyda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligini ta’minlash borasida ishlar amalga oshirilmoqda

03.Okt.2024

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni, xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “ustoz-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik bilan shug’ullanishni targ’ib etish, tikuvchilik, pillachilik sohasida kasanachilikni kengaytirish orqali bandlikni ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida xizmat qilayotgan harbiylarning turmush o’rtoqlarini ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2021-yilning iyun oyida Navoiy viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi va Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo’yicha boshqarmasi o’rtasida imzolangan memorandumga asosan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarining bandligi ta’minlanib, shaxsiy biznesni rivojlantirish ko’nikmalari oshirib borilmoqda. Bugun ham bir guruh harbiy xizmatchilarning turmush o’rtoqlari mazkur markazga tashrif buyurib tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ayollar o’z biznesini tashkil etish va yuritish, biznes g’oyalar va loyiha, biznes-rejasini tayyorlash kabi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech