“Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

09.Yan.2025

O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama, maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, ustozlari bergan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlari lozim.

Shu maʼnoda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qismda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Milliy gvardiyaga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Yangi O‘zbekiston armiyasi yurtimiz tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida, yoshlar uchun anjom-aslahalar hamda harbiy texnikalar namoyishi, sportning "Kamondan otish"va "Ot sporti" turlari bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Vatanimizga sadoqat ruhida kamol toptirishdan iboratdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech