Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bo‘ylab tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida boshqarma rahbariyati tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan tarixiy muzeyga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat davomida muzeyda tashkil etilgan tarixiy yodgorliklar, noyob buyumlar tomosha qilindi. Tadbir yakunida muzeydagi barcha eksponatlar, viloyatimizdagi arxeologik topilmalar bo‘yicha muzey xodimlari tomonidan to‘liq maʼlumotlar aytilib, ularning muzeylar haqidagi taassurotlari kengaydi. Tarbiyalanuvchilarning o‘z xohishlariga asosan tashkillashtirilgan ushbu sayohat ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi.
Bo`lishmoq: