Qo‘qon shahrida Furqat monumenti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

04.Okt.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism javobgarlik hududi Qo‘qon shahrida jadidchilik tariqatining vakillaridan biri bo‘lmish Zokirjon Xolmuhammnad o‘g‘li Furqat monumenti ochilishi marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari, Qo‘qon shahar hokimi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va oila a‘zolari, jamoatchilik vakillari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Furqat milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech