O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" g`oyasi asosida rasmlar tanlovi o'tkazildi. "Ona diyor - ranglar jilosida" mavzusida tashkil etilgan ushbu rasm chizish ko'rik tanlovida gvardiyachilar erkin mavzuda yurtimiz chiroyini tarannum etuvchi chiroyli rasmlarni moxirona tasvirladilar. Eng chiroyli va mazmunga boy asar mualliflari deb topilgan harbiy xizmatchilar saralanib, universitet boshlig'ining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: