Milliy gvardiya Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy armiyamiz uchun yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga zamin yaratish maqsadida Nukus shahridagi 53-umumta'lim maktabida “Vatan-muqaddas, uni asramoq sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o’tkazildi.
Shuningdek, Qónǵirot tumanidagi umumtálim maktabi óquvchilari Milliy gvardiya Qoraqalpoǵiston Respublikasi bóyicha boshqarmasi harbiy qismga tashrif buyurib, o’quvchi-yoshlarning harbiy sohaga bólgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirda yoshlarga harbiy qurol-aslahalar kórgazmasi, harbiy anjomlar, kamondan óq otish, psixologik trening mashǵulotlari tashkil etilib, ular harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib chiqdi.
Bo`lishmoq: