Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" hamda Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari yuzasidan kitobxonlik tadbiri o’tkazildi

14.Fev.2025

Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyat va an’analarga, vatanparvarlik fazilatlarini singdirish, yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini oshirish va adabiyotga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Milliy Gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorligida Sharof Rashidov nomidagi Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" hamda Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilar kitob haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Kitobxonlik samimiy va ijodiy muhitda o‘tib, yoshlarga juda ham manzur bo‘ldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech