Piskentda o'quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan tadbir "Bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!" shiori ostida o'tkazildi

09.Okt.2024

Piskent tumaniga qarashli 17-maktabda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chirchiq harbiy prokuraturasi, Toshkent viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yoshlar bilan uchrashuv va ko‘rgazmali chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarni vatanpatvarlik ruhida tarbiyalash, sportga bo‘lgan qiziqishlarini, jismoniy chiniqishlarini oshirish bo‘yicha “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida harbiy texnikalar, qurol-aslaha ko‘rgazmasi, kinologlar namoyishi hamda o‘quvchi-yoshlar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi turli chiqishlar amalga oshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech