Poligonlarda madaniy dasturlar tashkil etilmoqda

27.Iyu.2024

Yoz mavsumida milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari va dala o`quv maydonlarida inspektor-psixologlari bilan o`tkazilayotgan o`quv-uslubiy yig`inini yanada yuqori saviyada tashkillashtirish hamda yig`in ishtirokchilarini madaniy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida poligonlarda konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Chirchiq va Angren shahar poligonlarida mana shunday madaniy dasturlar bo`lib o`tdi. Unda Milliy gvardiya Ma`naviyat va ma`rifat markazi ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan inspektor-psixologlar uchun shou va konsert dasturlari taqdim etildi. Ona yurt, tinchlik qadri, shukronalik kabi oliy ne`matlarni madh etuvchi kuy-qo`shiqlar yig`ilgan harbiylar qalbida yana bir bor Vatanga bo`lgan muhabbat hissini alanga oldirdi. Bu kabi madaniy tadbirlar oldinda belgilangan vazifalarni yanada sidqidildan amalga oshirishda turtki bo`ladi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech