XALQARO HAMKORLIKNING AMALIY JIHATLARI

03.Noy.2023

2023 yilning 23 oktyabr kunidan 4 noyabr kunigacha bo‘lgan vaqt davrida “Forish” tog‘ poligoni bazasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Milliy gvardiyalari maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalari o‘rtasida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlar Milliy gvardiyasi qo‘mondoni polkovnik T. Ergeshov ham qatnashdi.

Dastur doirasida qo‘mondonlar harbiy va maxsus tayyorlash hamda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar nazarda tutilgan amaliy hamkorlik Rejasini imzolashdi. Shuningdek, mehmonlar Bolalar psixologiyasi Markaziga, Milliy gvardiya Otliq eskadroni va boshqa obyektlarga tashrif buyurishdi.

Tashrif yakunida tomonlar belgilangan rejani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Uchrashuv o‘zaro ishonch va hamdo‘stlik ruhida o‘tdi.

Milliy gvardiya xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech