Profilaktik tadbir oʻtkazildi

15.Okt.2024

Milliy gvardiya Moddiy-texnik ta`minot markaziy bazasi harbiy xizmatchi va haydovchilari uchun Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi va "O`zbek Invest" sug`urta kompaniyasi mutaxassis xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o`tkazildi. Tadbir Milliy gvardiya Moddiy-texnik taʼminot markaziy bazasi rahbariyati boshchiligida tashkil etilib, unda texnikalar harakatini nazorat qilish xizmati, Markaziy baza harbiy xizmatchi va haydovchilari ishtirok etdi.

Yoʻl harakati qoidalari yuzasidan boʻlib oʻtgan suhbatda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi hamda “Oʻzbek Invest” sugʻurta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga bir qator oʻzgartirishlar kiritilganligi, sodir etilgan qoidabuzarliklar va ijrosini oʻz vaqtda taʼminlash boʻyicha, shuningdek, yoʻl transport hodisasi yuz berganda, sugʻurta kompaniyasi tomonidan “Yevro bayonnomalar” qaysi holatlarda qoʻllanilishi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Tadbir soʻngida shaxsiy tarkib tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech