Milliy gvardiya Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida muddatli harbiy xizmatchilar bilan axloqiy-ruhiy holatlarini oʻrganish va jamoada yanada sog'lom muhit yaratish maqsadida psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Markaz psixologi tomonidan olib borilgan psixologik trening mashg‘ulotlari va yakka tartibda suhbatlar davomida ishtirok etgan barcha muddatli harbiy xizmatchilarning ruhiy holati tahlil qilinib, xizmatni yanada samarali olib borishlari bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Ushbu treninglar davomida harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ruhiy va xizmat zo'riqishlarini boshqarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu psixologik trening jarayonlari ularga kelgusidagi xizmat vazifalarni samarali bajarishda ham yordam beradi.
Bo`lishmoq: