Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlarning kelgusida komil inson bo‘lib voyaga yetishi, vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirish yuzasidan, ularning qiziqishlari va ta’lim olish jarayonlari to‘g‘risida muloqot tashkil etildi.
Bundan tashqari harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va o‘quvchi yoshlar uchun “Tibbiy ko‘rik” hamda “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi. “Bandlikni ta’minlash”yuzasidan soha mutaxasislari tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga amaliy yordam va tushunchalar berildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi davomida o‘quvchi-yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Harbiy texnika namunalari”, xizmat jarayonlari haqida ko‘rgazmali ma’lumotlar berildi. Uchrashuv yakunida rahbar va yoshlar uchun tadbir dasturxoni tashkil etildi.
Bo`lishmoq: