Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

13.Noy.2024

Milliy gvardiya qo’mondonligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organ harbiy xizmatchilari va xodimlari, mutaxassis psixologlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida "Zamonaviy sharoitlarda harbiy xizmatchi va xodimlarning axloqiy-ruhiy taʼminotini tashkillashtirish: Muammo va yechimlari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Milliy gvardiya qo’mondonligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organ harbiy xizmatchilari va xodimlari, mutaxassis psixologlar hamda professor-oʻqituvchilar ishtirokida "Zamonaviy sharoitlarda harbiy xizmatchi va xodimlarning axloqiy-ruhiy taʼminotini tashkillashtirish: Muammo va yechimlari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar zamonaviy sharoitda armiyani nafaqat texnik, balki axloqiy-ruhiy jihatdan ham tayyorlash zaruriyati ortib borayotganligini, Qurolli kuchlarni shakllantirishda kuch tuzilmalari bilan birgalikda axloqiy va ruhiy taʼminotga alohida eʼtibor qaratish, harbiy xizmatchilarni doimiy ravishda yuksak axloqiy qarashlar, vatanparvarlik va mardlik ruhida tarbiyalash, ularning kuchli ruhiy tayyorgarligini ta’minlash bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Harbiy xizmat murakkab va masʼuliyatli jarayon bo‘lib, xizmatchilardan nafaqat jismoniy, balki kuchli ruhiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Shunday ekan, harbiy xizmatchilar o‘z burchlarini ado etishda axloqiy va ruhiy barqarorlikni saqlashlari, vatan himoyasiga sodiq qolishlari lozim. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat individual, balki jamoaviy ruhiy holat va axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashni taqozo qiladi. Anjumanning ikkinchi qismida aynan amaliy jihatlar ko’rgazmali chiqishlar orqali namoyish etildi.

Bahs va munozaralarga boy o’tgan mazkur ilmiy-amaliy konferentsiya yakunlari bo’yicha erishilgan xulosalar kelgusida kuch tuzilmalari shaxsiy tarkibi bilan ishlashda foydalanilishi bo’yicha kelishilib olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech