Respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida uyushmagan va ogʻir toifadagi yoshlar bilan oʻrganish ishlarini samarali amalga oshirmoqda.

15.Okt.2024

Ushbu jarayon doirasida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida inspektor-psixologlar uchun kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda inspektor-psixologlarga qoʻyilgan talablar, maktab oʻquvchilarining taʼlim va tarbiyasi, shuningdek, surunkali va ogʻir toifadagi oʻquvchilar bilan ishlash mexanizmlari muhokama qilindi.

Tadbirda jinoyatchilikka moyil yoshlar, maktablardagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik tadbirlar boʻyicha zarur topshiriqlar berilib, ularning ijrosi uchun aniq muddatlar belgilandi. Inspektor-psixologlar oʻz tajribalari va metodikalarini oʻrtoqlashib, maktab muhitini yaxshilash va yoshlarning ijodiy faolligini oshirish boʻyicha konstruktiv fikrlar bildirishdi.

 Yigʻilishning asosiy maqsadi — yoshlarning ijtimoiy, psixologik va maʼnaviy muammolarini aniqlash, ularni yechishga doir samarali usullarni joriy qilish, shuningdek, yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish va jamiyatda faol huquqbuzarliklarni kamaytirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarni belgilab olishga qaratildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech