Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari, xonadonlar va obyektlarni qoʻriqlash hamda jamoat tartibini saqlashga qaratilgan vazifalarni bajarib keladi. Xodimlarning xizmatga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshirish va boy tariximiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida ularni xizmatdan boʻsh vaqtlarida maʼdaniy hordiq chiqarishlari uchun turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar yoʻlga qoʻyilgan.
Navbatdagi sayohat Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasiga uyushtirildi. Bu yerda sayohatchilar Mirzo Ulugʻbekning osmon jismlarini oʻrganishda olib borgan tadqiqotlari va izlanishlari davomida foydalangan asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishib, rasadxonaning tarixi toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Bo`lishmoq: