“O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib” deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi

15.Fev.2025

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Milly gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, Samarqand shahar 60-umumta’lim maktabi va Samarqand tuman 10-IDUM bilan hamkorlikda Zahriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunga bag‘ishlab «O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib” deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. 

Badiiy musiqiy kecha davomida, o‘quvchilar o‘zlari yod olgan she’rlari, g‘azallari hamda badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, SAMDAQU talabalari tomonidan Bobur haqidagi sahna ko‘rinishlari o‘quvchilarda Bobur siymosini gavdalantirishda muhim ro‘l o‘ynadi. Tadbir so‘ngida hamkor tashkilotlarga viloyat axborot-kutubxona markazining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar topshirildi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech