“Sayyor qabul” o‘tkazildi

14.Fev.2025

Andijon viloyati Ulugʻnor tumani Qoʻriqlash boʻlimida, Harbiy prokuratura, Milliy gvardiya, FVV, Andijon Qoʻriqlash boshqarmasi hamkorligida, harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Ushbu sayyor qabul ochiq muloqot shaklida oʻtkazilib, har bir ishtirokchilarning kundalik turmushdagi hayotiy ehtiyojlari, murojaatlari va takliflari tinglandi. Xususan oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, ish joylaridagi shart-sharoit hamda boshqa ijtimoiy masalalar koʻrib chiqilib, murojaatlar yuzasidan atroflicha yechim izlanib, tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech