Sayyor qabullar - muammolar yechimiga xizmat qilmoqda.

28.Noy.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirga Farg‘ona harbiy prokuraturasi, Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, Viloyat solig‘liqni saqlash boshqarmasi, Bandlik va mehnatga ko‘maklashish markazi, “Ishga marhamat” monomarkazi mutaxassislari, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda bir qator mutasaddi tashkilot vakillari taklif etildi.

 Unda dastlab, mamlakatimizda Qurolli kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan bu kabi ochiq sayyor qabullar, xodimlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda duch kelgan muammolarini ijobiy hal etishda, ularni o‘ylantirayotgan, qiynayotgan masalalarni joyida bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Shundan so‘ng, har bir ishtirokchilarning murojaatlari, takliflari tinglandi. Bu jarayonda xodimlar tomonidan, uy-joy, ishga joylashish, oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, farzandlarini bog‘chalar va maktablarga joylash, mehnat qonunchiligi masalalari, ish joylarini o‘zgartirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar o‘rtaga tashlandi. Har bir murojaat yuzasidan atroflicha yechim izlanib, tegishli huquqiy maslahatlar berildi. 

Kelib tushgan 21 ta murojaatlarning 10 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 11 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi. Barcha masalalar, bildirilgan fikrlar va takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech