Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yuqori Kengashi va mahalliy kengashlarning deputatligiga saylovlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari partiyalarning vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda so‘z olganlar harbiy xizmatchilarga saylov qonunchiligi, ularning huquqlari va majburiyatlari hamda uning ahamiyati haqida maʼlumotlar berib oʻtishdi. Davra suhbati davomida mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan ushbu siyosiy jarayonda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining vazifalari haqida ham tushunchalar berilib, ishtirokchilar ushbu jarayonlar boʻyicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bo`lishmoq: