Barchamizga maʼlumki, bu yil parlament quyi palatasiga saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatning yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylovchilarning bevosita aniq bir nomzodlarga bergan ovozlariga muvofiq saylanadi. Qolgan yetmish besh nafari esa yagona saylov siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar tavsiya etiladi.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan davra suhbatida UrDU professor o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi hamda Xorazm viloyati sudi masʼullari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, xodimlarga joriy yilda o‘tkaziladigan saylov tizimi va qonunchiligiga doir ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida ham Saylov-2024 bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish kursi direktori Ikromjon Matkarimov, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi bo‘lim boshliqlari Farrux Otajonov hamda Gulmira Qozoqovalar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga tushuntirishlar berib o‘tdilar. Bu kabi uchrashuvlar xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: