"San`at g`unchalari" - yangi yulduzlar tanlovi!

27.Mar.2024

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma`naviyat va ma`rifat markazida Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan bolalar musiqa va san`at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari o`rtasida yosh ijrochilarning "San`at g`unchalari" XXV respublika tanlovining tantanali yopilish marosimi o`tkazildi.
Iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tanlov O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi va "Sog`lom avlod uchun" Xalqaro hayriya fondi hamkorligida damli va zarbli cholg`u ijrochilari yo`nalishida bo`lib o`tdi.
Bayramona kontsertning yorqin dasturidan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarning i musiqiy chiqishlari o`rin oldi. G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Jami 69 ta mukofotlar tayyorlangan bo‘lib, ularning 23 tasi mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun tayyorlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining maxsus sovrini hamda tanlov homiysi Yaponiyaning “YAMAHA” korporatsiyasining O‘zbeksitondagi rasmiy vakili A.Usmonov tomonidan tanlovning eng iqtidorli qatnashchilariga maxsus sovg‘alar topshirildi.
Shubhasiz, ushbu tanlov milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhim loyihadir. Respublika tanlovi yangi nomlarni ochib beradi va mamlakatning barcha hududlaridagi iqtidorli bolalar ruhiyatida o‘zlarini jiddiy musiqachi va san’atkor sifatida taqdim qilish imkoniyatini beradi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga ijodiy yo‘llarida omad, yorqin g‘alabalar va yutuqlar tilaymiz!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech