Avval xabar berganimizdek, Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Regbi-7 xalqaro turnirida munosib ishtirok etib, faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi sportchilari xalqaro aeraportda tanatanali kutib olindi.
Shu bilan birga, bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev va O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi raisi, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safayevlarning jamoa aʼzolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mondon buyrug‘i o‘qib eshittirilib, xalqaro turnirda yuqori natijalarni egallagan sportchi va murabbiylar munosib rag‘batlantirildi.
Yuqori shukuhda tashkil etilgan tadbir davlatimiz madhiyasi bilan boshlanib, unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, faxriy mehmonlar, Regbi federatsiyasi vakillari hamda harbiy xizmatchi va sportchilar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so‘z olgan qo‘mondon o‘tkazilayotgan musobaqalar va erishilayotgan yutuqlar, sportchilarimizni tajribasini hamda professionallik darajasini oshirish bilan cheklanib qolmay, kelgusida Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etish uchun yangi terma jamoalarni shakllantirish xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
Xususan, turnirda ishtirok etgan jami 5 ta jamoalar o‘rtasida Milliy gvardiya jamoasi Jukov nomidagi Novosibirsk harbiy instituti jamoasini 17:10 hisobida, so‘ngra Rossgvardiyaning Perm harbiy instituti jamoasini 26:0 hisobida, Jukov nomidagi Saratov harbiy instituti jamoasini 26:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini yuqori baholadi.
Shundan so‘ng, joriy yilning 14-17 may kunlari sportning regbi turi bo‘yicha Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganligi uchun bir guruh harbiy xizmatchilar va O‘zbekiston Regbi federatsiyasi sportchi, murabbiylari munosib rag‘batlantirildi.
Unda barcha turnir ishtirokchilariga “Esdalik qo‘l soati”, “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” ko‘krak nishonlari hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir so‘ngida mazkur xalqaro turnirning “Eng yaxshi o‘yinchisi” nominatsiyasiga Milliy gvardiya jamoasi aʼzosi bo‘lgan leytenant Dostonbek Usmonjonovning munosib deb topilganligi qo‘mondonlik va federatsiya rahbariyati tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Bo`lishmoq: