Milliy gvardiya Jizzax mintqaviy o‘quv markazida huquq-tartibot va Mudofaа organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha yo‘riqnomasiga asosan markazga biriktirilgan Istoqlol va G‘allakor MFYlarida istiqomat qilib kelayotgan keksa va nuroniy otaxon va onaxonlarimizning birgalikda kechirgan umr yo‘llarini yosh avlodga o‘rnak sifatida targ‘ib etish maqsadida “Qo‘sha qarish saodati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zomin tuman Nuroniylar jamiyati raisi O‘rol Oqqulov ishtirok etib, yoshlarga ushbu oilalarni o‘rnak sifatida e'tirof etib o‘tdilar. Zomin tuman Folklor ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
Bo`lishmoq: