Sharafli kasb egalari e`tirof etildi

01.Okt.2024

Milliy gvardiya tashabbusi bilan Termiz shahrida 1 oktabr - "O`qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbirda Milliy gvardiya qo`mondoni o`rinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etib, barcha maorif sohasi faxriylarini, ko`plab shogirdlar tarbiyalab kelayotgan fidoyi o`qituvchilar va malakali murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini yo`lladi.
Tadbir davomida, bir guruh o`qituvchi va murabbiylar hamda maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining fidoyi xodimlarining namunali xizmatlari e`tirof etilib, ularga Milliy gvardiya qo`mondonining "Ma`naviyat a`lochisi" ko`krak nishoni, faxriy yorliq, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg`alari tantanali ravishda topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech