Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Shaxs faoliyatiga taʼsir etuvchi psixologik omillar hamda mental sog‘lig‘ini profilaktikasi: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi, vazirlik va idoralar hamda kuch tuzilmalarining mutasaddi rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassis psixologlari va inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari D.Toshmuxamedova o‘zining “O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy farovonlik siyosati” mavzusida, Xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor J.Shermuxamedova bo‘lsa “Oilada-shaxsning shakllanishida-psixologik taʼsir qiluvchi-indekatorlar” mavzusida shuningdek sohaga oid tajribali mutaxassislar o‘z maʼruzalari bilan ochiq muloqot qilishdi
Xususan, konferensiya davomida “Maktab muassasalarida mutaxassis psixologlarning o‘quvchilar bilan ishlashida bolaning eng ustun manfaatlariga rioya qilish zarurati”, “Strategik rejalashtirish”, “Harbiy xizmatchilarning oilalarida farovonlikni taʼminlashda muhim jihatlar” hamda “Harbiy xizmatchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning jahon tajribalari misolida” kabi mavzular keng muhokama qilindi. Savol-javob va qizg‘in fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan mazkur tadbir o‘zaro tajriba almashishga imkon yaratdi.
Tadbir yakunida konferensiyada faol ishtirok etgan mehmonlar, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi
O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini ruhiy barqarorligini taʼminlash, kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan psixologik muammolarni aniqlab, ularga munosib yechim topish hamda Mehribonlik muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi yoshlari orasida ruhiy tanglik va krizis holatlar profilaktikasi bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlarni belgilash va takliflarni ilgari surishdir.
Bo`lishmoq: